IQBOL MIRZO SHE’RLARI TILIGA LINGVOPOETIK CHIZGILAR

Authors

  • Yorqinjon Odilov Filologiya fanlari doktori, professor O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Author

Abstract

O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo – o‘zbek she’riyatiga o‘z so‘zi, o‘z nazari bilan kirib kelgan ijodkor. Hajman ixcham misralarda fikrni o‘ktamlik bilan aytish, ba’zan siz-u biz ko‘rib-bilib yurgan, biroq epini topib aytolmagan haqiqatlarni, ba’zan shoirona daqiqlik bilan anglaganlarini takrorsiz topilmalarda bera bilish – shoir ijodiy kredosidagi yеtakchi jihat. Uning she’rlarini o‘qir ekansiz, buning bosh sababini anglaganday bo‘lasiz: shoir xalq hayotini ich-ichidan biladi, chunki o‘zi ham qo‘li qadoq xalq ichidan chiqqan, shu el qozonida obdon qaynagan. Iqbol Mirzoning 2020-yil kitobxonlar qo‘liga yеtib borgan uch jildligining dastlabki ikki jildiga uning turli yillarda bitgan she’rlari jam bo‘lgan. Anchadan beri shoir she’riyatini kuzatib yurganim uchun Iqbol Mirzoning olam va odamga munosabatini, shoirona shavqi tabiiylikdan tug‘ilgan sezimlarini til prizmasidan qanday o‘tkazishi borasida fikr yuritishnini dilga tugib yurardim. Quyida ana shu jihatlar haqida so‘z boradi.

Downloads

Download data is not yet available.

Downloads

Published

2026-06-13