VERGUL ZO‘RMI, NUQTAMI? – ERKIN A’ZAMNING “YOZUVCHI” HIKOYASI LINGVOPOETIKASIGA CHIZGILAR

Authors

  • Nizomiddin MAHMUDOV Filologiya fanlari doktori, professor O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori Author

Abstract

Bugungi o‘zbek adabiyotida atoqli adib, benazir nosir Erkin A’zamning rostlik va rasolik tajassumi bo‘lmish asarlari o‘zining muhtasham va munosib o‘rnini haqli ravishda zabt etganiga ancha bo‘lganligi aslo mubolag‘a emas. Zamonaviy o‘zbek nasrida mutlaqo va muntazam o‘z uslubida qoimligi, o‘zbek tilining lingvopoetika, ya’ni lisoniy badiiyat bobidagi tuganmas imkoniyatlarini sinchi tilchi sifatida baralla ko‘ra va ko‘rsata bilganligi, ayni paytda bu imkoniyatlar zaxirasini badiiyat binosi bunyodiga to‘lasicha safarbar qila bilish hadisini olganligi, qalamini ana shu hadisning haddi a’losi yo‘rig‘idan yurg‘iza bilganligi ardoqli adibning betakror ijodiga bo‘lgan e’tibor va ehtiromning zalvorli zaminlaridir.

Downloads

Download data is not yet available.

Downloads

Published

2026-06-13