MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLANING RIVOJLANISHIDA O‘YINNING ROLI VA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING TA’LIM VA TARBIYA JARAYONIDA UNING AHAMIYATI
Abstract
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama rivojlanishida o‘yin faoliyatining tutgan o‘rni va ahamiyati ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilinadi. O‘yin faoliyatining bolaning aqliy, jismoniy, nutqiy, emotsional va ijtimoiy rivojlanishiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri batafsil yoritiladi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘yin asosida ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishning samarali usullari, didaktik va rolli o‘yinlardan foydalanishning pedagogik jihatlari ochib beriladi. Maqolada o‘yin orqali bolalarda mustaqil fikrlash, ijodkorlik, muloqot madaniyati va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari keng yoritilgan. Bundan tashqari, turli yosh bosqichlariga mos o‘yin turlari, ularni rejalashtirish, tashkil etish va baholash mezonlari ham ko‘rib chiqiladi. O‘yin faoliyatining to‘g‘ri tashkil etilishi maktabgacha ta’lim samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi asoslab beriladi.
Downloads
References
1. Hasanboyeva O. va boshqalar. Maktabgacha pedagogika. — Toshkent: O‘qituvchi, 2018.
2. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim konsepsiyasi. — Toshkent, 2017.
3. Podlasyy I.P. Pedagogika. — Moskva: Vlados, 2003.










